Yaponiyaga qarshi boshlang‘ich tarkib: Ahmedov, Ismoilov va Masharipov zaxirada
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turi doirasidagi Yaponiyaga qarshi o‘yin arafasida turibdi. Al-Ayndagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.
Kun.uz muxbirining «Xalifa bin Zayd» stadionidan xabar qilishicha, ayni paytga kelib O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi ma'lum.
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Fozil Musayev, Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov, Ikrom Aliboyev, Eldor Shomurodov
Eslatib o‘tamiz, bahsni BAAlik referi Muhammad Abdulloh Hassan Muhammad boshqarib boradi. Ushbu hakam 2015 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi O‘zbekiston–Xitoy bahsida ham hakamlik qilgan, o‘yin xitoyliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan edi.
Yaponiya-O‘zbekiston o‘yini bilan parallel ravishda Abu-Dabida Ummon–Turkmaniston uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
02:21 / 02.12.2022
JCh-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
22:31 / 14.06.2022
O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi
15:06 / 14.06.2022