Sport | 07:53 / 18.01.2019
19236
4 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston aniq uzatmalar va to‘pga egalik qilishda Yaponiyadan ustun keldi – statistika

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Eldor Shomurodovning hisobni ochishiga yaponlardan Yoshinori Muto va Tsukasa Shiotani javob goli qaytarishdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Quyida Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida 7005 nafar muxlis qarshisida o‘tgan o‘yinning ba'zi statistik ma'lumotlariga to‘xtalib o‘tamiz.

YaPONIYa – O‘ZBeKISTON
Jami zarbalar: 14 – 10
Darvoza sohasiga: 5 – 2
Jarima maydoni tashqarisidan: 9 – 4
Jarima maydoni ichidan: 5 – 6
Zarbalar aniqligi: 42% – 29%

To‘pga egalik qilish: 43,3% – 56,7%
Yakkakurashlarda g‘olib chiqish: 48% – 52%
Havodagi yakkakurashlarda g‘olib chiqish: 52% – 48%
Raqib pas uzatgan vaqtda to‘pni egallab olish: 7 – 7
Offsaydlar: 1 – 0
Burchak zarbalari: 4 – 7

uzbjpn30.jpg (900×462)

Jami uzatmalar: 426 – 556
Uzoq masofaga paslarning ulushi: 11% – 14%
Uzatmalar aniqligi: 83% – 86%
Maydonning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan uzatmalar aniqligi: 77% – 80%
Krosslar: 14 – 23
Muvaffaqiyatli krosslar: 21% – 17%
Himoyadan to‘pni uzoqqa tepib yuborish: 20 – 17
O‘yin qoidasini buzish: 17 – 10
Sariq kartochkalar: 2 – 2

uzbjpn22.jpg (900×717)

– Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi 10-golini urdi (31-o‘yinida). Unga Doston Hamdamov assistentlik qildi.

– Otabek Shukurov – jami 95 marta to‘p bilan muomalada bo‘ldi, bu – eng yuqori ko‘rsatkich. To‘p bilan faol o‘ynash borasida Ikrom Aliboyev (86) va Javohir Sidiqov (81) keyingi o‘rinlarni egalladi.

– Shukurov va Aliboyev eng ko‘p to‘p uzatish bo‘yicha ham yetakchilardan bo‘lishdi. Otabek 87 marta (14 foizi uzoq masofaga, 89 foizi aniq), Ikrom esa 72ta (14 foizi uzoq masofaga, 86 foizi aniq) pas oshirdi.

jpnuzb23.jpg (900×524)

– Uzatmalar aniqligi bo‘yicha Islom To‘xtaxo‘jayev va Javohir Sidiqov foiz hisobida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etishdi. To‘xtaxo‘jayevning jami 42ta to‘p uzatishidan 95 foizi, Sidiqovning 68ta uzatmasidan 94 foizi manzilga aniq yetib bordi. Farrux Sayfiyev (49ta pas) va Fozil Musayev (39) ham 90 foizlik aniqlikda to‘p oshirgan.

– Sidiqov, Hamdamov va Rashidov uch marotabadan kross amalga oshirishdi. Javohirning uchala krossi ham muvaffaqiyatli chiqdi. Sidiqov darvoza tomon zarba uchun uzatmalar berish bo‘yicha ham yetakchi – 4 marta.

– Davron Hoshimov yakkakurashlarda biron marta imkoniyatni boy bermadi. Otabek Shukurov 71 foiz holatda raqib bilan kurashda ustun keldi, havodagi yakkakurashlarning barchasida g‘olib chiqdi.

– O‘zbekistonning 7 futbolchisi Yaponiya darvozasi tomon zarba yo‘llagan bo‘lsa, ulardan 6 nafari faqat bitta zarba bilan kifoyalandi. Bittadan ko‘proq zarba faqat Shomurodovda, uning 4ta to‘pidan bittasi golga aylandi. U uch marotaba jarima maydoni ichidan, bir marta tashqarisidan zarba yo‘lladi.

– Yaponlar Davron Hoshimovga nisbatan 4 marta o‘yin qoidasini buzishdi, uning o‘zi esa bironta ham qoidabuzarlik qilgani yo‘q.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid