Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mashinissiz ishlaydigan relssiz poyezdlar paydo bo‘ladi
Xitoyning Chjuchjou shahrida g‘aroyib elektropoyezdlar o‘z qatnovini boshladi, ularga an'anaviy tushunchadagi relslar kerak emas. Bu juda qulay, chunki rels yo‘lini yotqizish zaruriyati yo‘q.

Xunan provinsiyasidagi Chjuchjou shahri Xitoy shaharlarida relssiz poyezdlar sinov loyihasini amalga oshirish uchun tanlab olindi. Bunday transportning ilk nusxasi bir yil avval shahar ko‘chalari bo‘ylab yurgan. 500 nafargacha yo‘lovchini sig‘diradigan tarkibni harakatlantirish uchun odatiy relslar emas, asfalt qoplamasiga surtiladigan maxsus yo‘l belgisi zarur. Elektropoyezd maxsus datchiklar bilan jihozlangan, u rels belgisiga qarab tarkibni yo‘naltiradi. Bunday poyezdga metall relslar ham, mashinist ham kerak emas.

Tarkib soatiga 70 kmgacha tezlikda harakatlana oladi. U atrof-muhit uchun xavfsiz, chunki quvvatlantirilgan batareya hisobiga ishlaydi. Relssiz poyezdlar tizimi nafaqat ekologik toza, balki metro yoki tramvay yo‘llarini yotqizishga taqqoslaganda moliyaviy xarajatlar nuqtai nazaridan ham qulay.
Relssiz transport loyihasi juda samarali deya tan olindi va bunday poyezdlar tizimi keyinchalik Xitoyning boshqa shaharlarida ham joriy etiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025