Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishiga qarshi chiqayotgan demokratlarga g‘isht yubormoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini kongressda AQSh va Meksika chegarasida devor qurilishiga qarshi chiqayotgan demokratlar yetakchilariga jo‘natish uchun g‘isht sotib olishga mablag‘ xayriya qilishga chaqirdi. Bunday e'lon Tramp shtabining xayriya yig‘ish bo‘yicha rasmiy saytida joylashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, bunday g‘ishtlarni birinchilardan bo‘lib demokratlarning vakillar palatasi va senatdagi yetakchilari Nensi Pelosi va Chak Shumer oladi.
“Prezident Tramp Chak va Nensida Amerika xalqiga quloq solishdan boshqa iloj qolmaydigan ajoyib g‘oyani bildirdi. Biz devor g‘oyasi ishlayotganini isbotlash uchun ularning ofislariga 100 mingta g‘isht jo‘natishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, bir g‘ishtni sotib olish va demokratlarga jo‘natish 20 dollarga tushadi.
Mavzuga oid
14:57 / 12.03.2024
Demokratlar yoki respublikachilar – AQShda qaysi partiya vakili eng ko‘p prezident bo‘lgan?
19:38 / 13.05.2023
Respublikachilar Baydenning aqliy qobiliyatini sinovdan o‘tkazishni talab qilishdi
08:08 / 09.10.2020
AQShda demokratlar Trampning jismoniy va ruhiy holatini baholashmoqchi
10:29 / 12.08.2020