Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Yaponiyadan Renault va Nissan’ni birlashtirishni talab qilmoqda
Fransiya hukumati Yaponiyadan hozirda alyans shaklida bo‘lgan Renault va Nissan kompaniyalarini yagona xolding korporatsiyasiga birlashtirishni talab qilmoqda. Bu haqda Nikkei gazetasi xabar qildi.
Nashrning ma'lumot berishi, mazkur talab Tokioga tashrif buyurgan fransuz delegatsiyasi tomonidan ilgari surilgan. Delegatsiya shuningdek, hibsga olingan Karlos Gon o‘rniga Nissan direktorlar kengashiga yangi rais tayinlashni so‘ragan.
Nashrning qayd etishicha, Renault ikki kompaniya birlashishini talab qilmoqda, Nissan esa bunga qarshi chiqmoqda. Chunki u holda Renault aksiyadori bo‘lgan Fransiya hukumati kompaniya siyosatiga ta'sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirda Renault Nissan kompaniyasining 43,4% aksiyasiga ega bo‘lib, korporatsiya rahbari va direktorlar kengashi a'zolarini tayinlash huquqini qo‘lga kiritgan, Nissan esa Renault kompaniyasining 15% aksiyasiga ega va ovoz berish huquqidan mahrum.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024