Jahon | 12:30 / 20.01.2019
24461
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV AQShga minglab aviaparvozlar bekor qilinishi haqida ogohlantirdi

Foto: Meteovesti

Rossiya tashqi ishlar vazirligi vaziyat-inqiroz markazi Rossiya fuqarolarini AQShga minglab aviaparvozlar bekor qilinishi haqida ogohlantirdi. Bu haqdagi xabar markazning rasmiy Twitter sahifasida e'lon qilindi.

#SShA - iz-za silnyx livney i snegopadov v sentralnoy i severo-vostochnoy chastyax strany v aeroportax Chikago, Bostona, Nyu-Yorka i drugix gorodov otmeneno svyshe 1 tys. aviareysov. V shtatax Nyu-Djyersi i Pensilvaniya vveden rejim chrezvychaynogo polojyeniya pic.twitter.com/UdD5oVIp6y

— MID Rossii 🇷🇺 DSKs (@MID_travel) 19 yanvarya 2019 g.

Xabarda qayd etilishicha, parvozlarning bekor qilinishi Qo‘shma Shtatlarning markaziy va shimoli-sharqiy qismidagi kuchli yog‘ingarchilik va qor bo‘ronlari bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Nyu-Jyersi va Pensilvaniya shtatlarida yomon ob-havo sharoitlari bois favqulodda vaziyat joriy etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid