Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyadagi operatsiyaga tayyorgarlikni yakunladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriya shimolida operatsiya amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishni yakunladi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an Anqara Turkiyaga qarshi har qanday hujumlarga qarshi qat'iy javob qaytarishini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, Turkiya Suriya shimolidagi xavfsizlik hududining terrorchilar faol harakat qiladigan hududga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
“Turkiya butun kuchini janubiy chegarasiga mujassamlashtirdi va voqealar rivojini sinchkov kuzatmoqda. Turkiyaga berilgan va'dalar amalga oshirilishidan xursand bo‘lamiz. Aks holda milliy strategiyamizdan kelib chiqib choralar ko‘ramiz. Operatsiyaga tayyorgarlik katta darajada yakunlangan”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Anqara AQSh, Rossiya va boshqa kuchlar bilan muloqotda konsensusga kelishga harakat qilmoqda, biroq bu uning mintaqada yuz berayotganlarni bamaylixotir kuzatishi va qo‘lni qovushtirib o‘tirishini anglatmaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp dekabrda amerikalik harbiylarning Suriyadan olib chiqilishini e'lon qilgandi. O‘z navbatida Anqara bunga javoban Suriya shimolida rejalashtirgan operatsiyasini keyinga qoldirgan.
Biroq Turkiya yanvarda agar AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni sustlashtirsa, suriyalik kurdlarga qarshi qoldirilgan harbiy operatsiyasini boshlashini aytgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025