Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Lego donalaridan Chevrolet Silverado pikapining aniq nusxasi yasaldi (video)
AQShning Konnektikut shtatidan Lego Master Builders jamoasi Chevrolet kompaniyasi bilan hamkorlikda Lego bolalar konstruktorining yuz minglab detallaridan Chevrolet Silverado pikapining aniq nusxasini yaratdi. Ushbu “avtomobil” Detroytdagi avtosalonda namoyish qilingan.
Avtomobilning Lego-versiyasi ishlovchi faralarga ega va original avtomobilning ko‘plab detallarini aniq takrorlaydi. Uni yig‘ish uchun 18 kishi 2000 soat davomida mehnat qilgan. Avtomobil nusxasini yig‘ishga 334544 detal kerak bo‘lgan. Pikapning nusxasi ekranlarga tez orada chiqadigan “Lego: Film 2” filmiga bag‘ishlangan.
Chevrolet Silverado 1999 yildan beri ishlab chiqariladi. 2017 yilda kompaniya ushbu modelning 4-avlodini taqdim qilgan.
2018 yil avgustda Lego kompaniyasi millionta kubchadan yig‘ilgan Bugatti Chiron sportkarining to‘liq o‘lchamli nusxasini namoyish qilgandi. Ushbu avtomobil qisman Lego detallaridan yig‘ilgan 5 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan bo‘lgan. Mashina trekda 20 km/soat tezlikkacha tezlasha olgan.
Mavzuga oid
13:53 / 22.05.2023
724 km - Chevrolet Silverado elektropikapi kutilganidan ko‘proq masofa bosib o‘ta olishi ma’lum bo‘ldi
14:53 / 08.11.2018
Lego Xitoy kompaniyalarini ko‘chirmakashligi uchun sudga berdi va 650 ming dollar undirdi
08:33 / 27.03.2018
Ilon Mask kompaniyasi uylar qurish uchun Lego’ga o‘xshash g‘ishtlar ishlab chiqaradi
17:10 / 28.12.2017