Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»da yana bir jangari futbolchi: Boatengni o‘ynatishdan qanday maqsad ko‘zlanmoqda?
«Barselona» kelib chiqishiga ko‘ra ganalik bo‘lgan, Germaniya fuqaroligiga ega markaziy yarimhimoyachi — Kevin Prins Boatengni qishki transferlar darchasi mobaynida o‘z safiga ijara asosida qo‘shib olgani «ko‘k-anorranglilar»ning azaliy muxlislarini ham biroz hayron qoldirdi.
Chunki bungacha «Barselona» uchun ko‘proq sof «to‘qqizlik»da o‘ynaydiganlar nomzodi sanalayotgandi. Ular — «Jirona»ning urugvaylik hujumchisi Kristian Stuani, «Selta»dagi yana bir urugvaylik — Maksimiliano Gomes, hattoki «Chelsi»dan Olive Jiru va Alvaro Morata, Amerikaning «Los Anjyeles»ida yurgan Karlos Vela ko‘proq tilga olinayotgan edi, lekin Boateng bungacha biror marta eslanmagandi.
Italiyaning «Sassuolo» klubi safida to‘p surib kelayotgan 31 yoshli havbek shu yilning oxirigacha «Barsa»ga ijara asosida o‘tdi. Agar «Barselona»dagilarga uning o‘yini ma'qul bo‘lsa, tuzilgan shartnoma bo‘yicha 8 million yevro evaziga uni xarid qilib olishlari ham mumkin.
O‘z karerasi davomida «Herta» (2005-07), «Tottenhem» (2007-09), «Borussiya» Dortmund (2009), «Porsmut» (2009-10), «Milan» (2010-13), «Shalke» (2013-15), «Milan» (2016), «Las-Palmas» (2016-2017) va «Ayntraxt» Frankfurt (2017-18) kabi klublar safida maydonga tushgan mazkur futbolchini «Barselona»ga o‘tishidan qanday maqsadlar ko‘zlanmoqda?
Kevin Prins Boatengning olinishi shunchaki «ko‘k-anorranglilar» hujumidagi variantlarni oshirish uchunga o‘xshamoqda. Undan Luis Suaresga dam berilgan o‘yinlarda uning o‘rnida raqib himoyasini bosimda ushlab turish uchun foydalanilsa kerak ko‘proq.
Chunki, Boateng top-futbolchi sanalmasa-da, lekin Suaresga o‘xshab jangari. Shu sabab bo‘lsa kerak, muxlislar Luis Suares, Arturo Vidal, Kevin Prins Boateng tasvirlangan memlar ham yasashga ulgurishdi.

Boateng avval o‘ynagan avvalgi jamoalarda ko‘proq hujum ortida o‘ynagan, «Barselona»da u hujum markaziga qo‘yilsa kerak. Uning orqaroqqa qaytib o‘ynashi hisobga olingan. Valverde uslubi bo‘yicha o‘ynayotgan «Barselona»da shunday futbolchiga ehtiyoj bor, qanotlarda Messi va Dembele doim ham himoyaga yordamga qaytavermaydi. Boatengdan mana shu kamchilikni kompensatsiya qilish talab etiladi.
Boz ustiga, Boateng Ispaniya La-Ligasida o‘ynashga ulgurgan: «Las-Palmas» to‘pni nazorat qiladigan uslubda o‘ynardi, Boateng shu klubga kelib, ko‘proq toza hujum pozitsiyasida o‘ynagan. Ungacha, «Milan»da yurganida hujumkor yarim himoyachi edi.
Futbolchining minus tarafi — Boateng hech qachon to‘purar bo‘lmagan. «Barselona» uni hujumda o‘ynatib, undan Luis Suares kabi goleador yasay olmasligi aniq.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025