Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 12 yanvar kuni noma'lum shaxslar yuziga niqob kiyib, qurollangan holda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi A.Sh.ning uyiga bostirib kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular unga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan hamda A.Sh.ning qizi va turmush o‘rtog‘ini qo‘rqitib, milliy hamda xorijiy valutadagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvlik qishlog‘ida yashovchi va vaqtincha Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qo‘rg‘onida yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
09:45 / 02.04.2025