Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonini chorak finalga olib chiqolmagan murabbiy iste'fo berdi
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitssi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Yaponiyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etilgan o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi. Chililik mutaxassis shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagan.
Ayni vaqtda 50 yoshda bo‘lgan mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasi boshqaruviga 2017 yil kuzida kelgandi, u o‘shanda lavozimda 2 oy ishlagan Edgardo Bausuni almashtirgandi.
Pitssi muqaddam Chili terma jamoasi bilan ishlagan va 2016 yilda Amerika Kubogida g‘alaba qozongandi. Chililiklar JCh-2018 turniriga yo‘llanma ololmagach, u o‘z lavozimini tark etgan.
U turli yillarda «Universidad Katolika», «Rosario Sentral», «San-Lorenso», «Valensiya» va boshqa klublarda ham ishlagan.
Mavzuga oid
11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan
12:30 / 03.03.2025