Fan-texnika | 21:04 / 23.01.2019
13338
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi bukiluvchi smartfonni namoyish qildi (video)  

Xiaomi prezidenti Lin Bin kompaniyaning bukiluvchi smartfoni prototipidan foydalanishga misol keltirilgan rolikni namoyish qildi. 

Videoga izohda bu tijoriy mahsulot emasligi, balki prototipligi aytilgan.

Samsung va bukiluvchi telefonlar ustida ish olib boruvchi boshqa kompaniyalar konseptlaridan farqli, Xioami qurilmasi ikki chekkasidan bukilishi mumkin. Shu tariqa, u yoyilgan holatda planshet, bukilgan holatda esa ixcham smartfonga aylanadi.

Mavzuga oid