Jahon | 11:35 / 24.01.2019
9309
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Maduroni qo‘llab-quvvatlab chiqdi

Foto: EFE-EPA/ Miguel Gutierrez

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Lotin Amerikasi mamlakatida kuzatilayotgan norozilik namoyishlari fonida venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashi haqida aytdi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Venesuela rahbari bilan bog‘lanib, unga qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgan.

«Birodarim Maduro, hammasi joyida bo‘ladi! Biz siz bilan birgamiz», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Kalin.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga olishga urinishni rad etish bo‘yicha o‘zining prinsipial pozitsiyasiga sodiq qolishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelada politsiya namoyishlarga qo‘shilgani, Kuba va AQSh bayonot bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid