Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng. Surxondaryoda maoshini ololmayotgan xodimlarning muammosi hal bo‘ldi
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani «Agromonitoring markazi» xodimlari tomonidan Kun.uz tahririyatiga maktub yo‘llanib, 21 059 981 (yigirma bir million ellik to‘qqiz ming sakson bir) so‘mlik ish haqlari sakkiz oydan buyon to‘lab berilishi paysalga solinayotganiga jamoatchilik e'tiborini qaratishda yordam so‘ralgan edi.
Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, ATB «Agrobank» respublika boshqaruvi va «Agromonitoring markazi» MChJ xodimlarining 2018 yil yil 1 apreligacha ish haqidan bo‘lgan qarzdorliklarni xatlovdan o‘tkazib, to‘liq to‘lab berilishini ta'minlashlari lozim bo‘lgani, bu haqida 2018 yil 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishida tegishli topshiriqlar berilgan bo‘lib, bayonnomaning 2.5-bandi ijrosini bajarish shu kunga qadar ortga surib kelinayotgani haqida bayon qilingan edi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazilib, Kun.uz saytida maqola e'lon qilingach, tegishli idoralar tomonidan muammoga yechim topildi.
Uzun tumani «Paxta tozalash» UJ tomonidan «Agromonitoring markaz» ishchi xodimlarining to‘lanmay qolgan 21 059 981 (yigirma bir million ellik to‘qqiz ming sakson bir) so‘mlik ish haqlari to‘liq undirib berildi.
Mavzuga oid

11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025