Jahon | 19:54 / 25.01.2019
5734
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya parlamenti Makedoniyaning nomi o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Foto: RIA Novosti / Kostis Ntantamis

Gretsiya parlamenti Makedoniya Respublikasi nomining Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi shartnoma uchun ovoz berdi.

Ovoz berishda qatnashgan 300 deputatdan 153 nafari shartnoma ratifikatsiya qilinishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 146 deputat unga qarshi ovoz berdi. Bir deputat betaraf qoldi.

2018 yil 17 iyunda Afina va Skope Prespa ko‘li bo‘yida imzolagan shartnoma Prespa shartnomasi nomini olgan. Ushbu shartnoma mamlakat nomi to‘g‘risidagi ko‘p yillik bahsga nuqta qo‘yadi va Skope uchun NATO va YeIga kirishga yo‘l ochadi.

So‘nggi so‘rovlar greklarning aksariyati - 62%i Prespa bitimiga salbiy munosabatda ekanliklarini ko‘rsatdi. Avvalroq greklarning 80%i shartnomaga qarshi chiqqandi. Ular Makedoniya nomi faqat greklarga tegishli deb hisoblashadi.

Mavzuga oid