Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada smartfonlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish taklif qilindi
Rossiyada IMEI-kodga ega bo‘lgan barcha qurilmalar: smartfonlardan tortib ayrim turdagi suv hisoblagichlargacha pullik ro‘yxatdan joriy etish taklif qilindi. Bu boradagi qonun loyihasi davlat dumasiga kiritiladi, deb yozadi RBK.
Agarda ushbu qonun qabul qilinsa, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatning barcha aholisi xorijda sotib olgan qurilmalarini bir necha oy ichida davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi va 100 rubl miqdorida boj to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Agarda qurilma ro‘yxatdan o‘tkazilmasa, smartfon uyali aloqa operatori tomonidan bloklanadi.
Qonun loyihasi mualliflarining qayd etishicha, noqonuniy yoki hisobga olinmagan gadjetlar olib kirilishi oqibatida Rossiya budjeti 16,6 milliard rubl yo‘qotgan.
Qonun kuchga kirguniga qadar mamlakatga olib kirilgan qurilmalardan bir necha yil davomida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Qonun xorijiy aloqa operatorlari sim-kartalaridan foydalanadigan chet elliklarga tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
22:03 / 14.07.2023
Olinmaydigan batareyalarga ega smartfonlar o‘tmishda qolishi mumkin
21:03 / 28.06.2022
Nothing Phone 1 shaffof smartfonining narxi ma’lum qilindi
22:34 / 10.01.2022
Honor buklanuvchi smartfonini taqdim etdi
14:36 / 07.09.2021