Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ser Sulsher. U «MYu»dagi 8-o‘yinida ham g‘alaba qozondi, Fergyuson 8 g‘alaba uchun 19 o‘yin o‘tkazgandi
Angliya Kubogining 1/16 finalida «Manchester Yunayted» «Arsenal»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba manchesterliklar jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsherning qatorasiga sakkizinchi o‘yindagi sakkizinchi g‘alabasidir.
Norvegiyalik mutaxassis jamoaga tayinlanganidan buyon «qizil iblislar» Angliya Premer-ligasida 6 marta, Angliya Kubogida 2 marta g‘alaba qozonishdi.
«Manchester Yunayted» oxirgi 8 uchrashuvida 22ta gol urgan va 5ta gol o‘tkazgan.
Sulsherning g‘alabali seriyasi — «Manchester Yunayted» tarixidagi rekorddir. Undan avvalgi eng yaxshi natija ser Mett Basbi tomonidan qayd etilgandi, u bosh murabbiy etib tayinlanganida ilk 5 uchrashuvida g‘alaba qozongandi (1946 yilning avgust-sentabr oylarida).
«Yunayted» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy bo‘lmish ser Aleks Fergyuson esa ilk mavsumida 19-o‘yinga kelibgina 8-g‘alabasini nishonlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Ole-Gunnar Sulsher 2018 yilning 18 dekabrida qoniqarsiz natijalar tufayli «MYu»dan bo‘shatilgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino o‘rnida ish boshlagandi, jamoa u bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.
«MYu» ayni vaqtda 23 tur o‘yinlaridan keyin 44 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025