Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Moskva yo‘nalishidagi parvozlar jadvali o‘zgarayotganidan ogohlantirdi
Rossiyaning «Aeroflot» havo yo‘llari kompaniyasi parvoz uchun noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani tufayli 26-27 yanvar kuni rejalashtirilgan, deyarli, barcha reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, kompaniya 26 va 27 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozlar jadvaliga tegishli o‘zgartishlar kiritgan.
«Parvozlar bo‘yicha yo‘lovchilarga qo‘shimcha ma'lumotlar axborot va band etish markazida tarqatiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kelgan barcha yo‘lovchilar kompaniya standartlari va federal aviatsiya qoidalari bo‘yicha barcha narsalar bilan ta'minlanadi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Moskvadagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways kompaniyasi ham ushbu yo‘nalishdagi parvozlar jadvalini o‘zgartirgan.
«Moskvada ob-havoning o‘zgarishi va shaharda tinimsiz qor yog‘ishi tufayli ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar jadvalini kompaniyadan bilishingiz mumkin. Kompaniya yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi», – deyiladi axborotda.
Ma'lumot uchun, Uzbekistan Airways kompaniyasi parvozlari jadvali to‘g‘risida ma'lumot olish uchun + 998 78 140 02 00 telefon raqami bilan bog‘lanish mumkin.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025