Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda 400dan ortiq nuqtada wi-fi hududlari tashkil etiladi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Usmanov joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 400dan ortiq wi-fi nuqtalari tashkil etilishini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Xalqaro press-klub
«O‘zbektelekom» va boshqa xususiy operator-provayderlarni ushbu ishga jalb etgan holda rejadagi 400ta nuqtada wi-fi hududlari tashkil etiladi. Hamma nuqtalarga optik tolali kabellar orqali internet uzatilishi belgilangan.
Shuningdek, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilishi nazarda tutilgan», – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, «2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi» loyihasida O‘zbekistonning har bir mintaqasidagi kamida 50 turistik infratuzilma obektida bepul Wi-Fi zonalari yaratilishi nazarda tutilgandi.
Metrotelecom TM esa Toshkent metrosida internet xizmatlarini joriy etish sinov-tajribasini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
12:58 / 14.02.2025
Wi-Fi router o‘rnatilgan Equinox jarima maydonchasiga joylashtirildi
22:37 / 13.07.2023
Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi
16:39 / 22.07.2022
Toshkent aeroportida bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi ishga tushirildi
16:56 / 02.03.2020