Sport | 22:45 / 27.01.2019
3006
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» Bundesligada «Shtutgart»ni tor-mor etdi

Germaniya chempionatining 19-turida Myunxenning «Bavariya» klubi «Shtutgart» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Myunxendagi «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi va o‘yinni bosh hakam Frank Villenborg boshqardi.

Hisobni uchrashuvning 5-daqiqasida Robert Levandovski uzatgan to‘pdan Tiago Alkantara ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Anastasios Donis muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Myunxen klubi Leon Goretska va Levandovskiyning gollari, shuningdek, Kristian Gentnerning avtogoli evaziga hisobni yiriklashtirdi.

«Bavariya» uchun bu Bundesliga doirasidagi qatorasiga 7-g‘alabadir.

Mazkur g‘alaba sharofati bilan «Bavariya» 42 ochko jamg‘arib, nemis milliy chempionatining ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. «Shtutgart» esa 14 ochko va 16-o‘rin bilan hamon ligani tark etuvchi xavfli zonada joylashgan.

Germaniya Bundesligasi. 19-tur

«BAVARIYa» Myunxen – «ShTUTGART» 4:1 (1:1)

Gollar: 1:0 – Alkantara (5), 1:1 – Donis (26), 2:1 – Gentner (55-avtogol), 3:1 – Goretska (71), 4:1 – Levandovski (84).

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid