Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishidagi qutqaruv ishlari boshqa to‘g‘on o‘pirilishi xavfi sababli to‘xtatildi
Braziliyada Brumadinyu munitsipalitetida Vale kompaniyasi uchta to‘g‘onining o‘pirilishidan keyin bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari boshqa to‘g‘on o‘pirilishi xavfi sababli vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Globo portali ma'lum qildi.
Avvalroq favqulodda vaziyat joyida ishlayotgan qutqaruv jamoasi to‘xtamayotgan yomg‘irlar sababli boshqa bir to‘g‘onda darz paydo bo‘lgani tufayli uning muqarrar o‘pirilishini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda qutqaruvchilar mahalliy aholini evakuatsiya qilmoqda. Umumiy hisobda 24 ming kishini evakuatsiya qilish kerak.
Vale kompaniyasi 27 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da Korregu-du-Feyjan konida 6-to‘g‘ondagi nazorat qurilmalari suv sathi oshganini ko‘rsatgandan keyin favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushganini ma'lum qilgan.
Minas-Jyerays shtatida to‘g‘onning o‘pirilishi 25 yanvar ertalab yuz bergan. Buning oqibatida loy oqimlari Vale kompaniyasining ma'muriy binolari va odamlar uyiga yopirilgan. Bunda favqulodda ogohlantirish tizimlari ishlamagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, 250 dan ortiqroq kishi bedarak yo‘qolgan. Avvalroq 40 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. Qutqaruv ishlari bir necha hafta davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025