Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jirona»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Barselona» La Ligadagi ketma-ket sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Barselona» safarda «Jirona» darvozasiga javobsiz ikki to‘p yo‘lladi. Uchrashuv Jironadagi «Munisipal de Montilivi» stadionida, hakam Pablo Gonsales Fuertes boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
9-daqiqada Nelson Semedu hisobni ochdi va Kataloniya klubi safidagi o‘zining ilk to‘pini kiritdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Jordi Albaning uzatmasidan so‘ng kataloniyaliklarning ustunligini jamoa sardori Lionel Messi mustahkamlab qo‘ydi.
Bu g‘alaba «Barselona»ning La Liga o‘yinlaridagi paydar-pay sakkizinchi g‘alabasidir.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» 49 ochko jamg‘argan holda Ispaniya milliy chempionatining turnir jadvali yetakchilik qilishda davom etmoqda. «Jirona» esa 24 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.
Keyingi turda «Barselona» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qiladi. O‘yin 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya La Ligasi. 21-tur
«JIRONA» Jirona – «BARSeLONA» Barselona 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – Semedu (9), 0:2 – Messi (68)
Chetlatish: Espinosa (51, «Jirona»)
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025