Jahon | 17:37 / 27.01.2019
11705
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Yevropa davlatlarini saylov haqidagi ultimatumdan voz kechishga chaqirdi

Foto: EPA-EFE/Cristian Hernandez

Yevropa davlatlari Venesuelada sakkiz kun ichida saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi ultimatumdan voz kechishlari kerak. 

Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Turkiyaning CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Yevropa Venesuelaga nisbatan yana xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Ular 200 yillik erkinligimizga qaramasdan, tariximizni inkor etishmoqda. Ozodligimizdan faxrlanamiz, tomirlarimizda bizni ozod etganlar qoni oqadi. Ular o‘z ultimatumlaridan voz kechishlari kerak, bizga hech kim ultimatum qo‘ya olmaydi", dedi Maduro.

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishi ma'lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid