Jamiyat | 16:57 / 28.01.2019
21017
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"Suvsoz" dan iste'molchilar uchun yangi qulayliklar

“Suvsoz” Davlat unitar korxonasi 2019 yildan tashkiliy tuzilmasiga  yangi  o‘zgarishlar kiritdi.Shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida «Markaz» deb ataluvchi ishchi guruhi «Suvsoz  iste'molchi  uchun  ishlaydi»  shiori  ostida o‘z  faoliyatini boshladi.

 «SUVSOZ»  Davlat unitar korxonasi qoshida yangi markaz tashkil etildi. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, muammolarini o‘rganish va ko‘maklashish  markazi" (keyinchalik “markaz”)   deb ataluvchi bu xizmatga  iste'molchilar istalgan vaqtda ichimlik va oqava  suv  masalalariga  oid  takliflar,  muammolar, shikoyat,  ariza  yoki  fikr-mulohazalar bilan  murojaat  qilishlari  mumkin. Markaz  virtual qabulxonasi elektron  pochtasi:  info@ suvsoz. uz sayti, faks orqali 71 2521937 raqami yoki  (71) 252 19 35 raqamli ishonch telefonlari tun-u  kun  xalqning xizmatida.

Manzil: O‘zbekiston, 100060, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi 2-uy

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.  Biroq  bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ichimlik suvi  ta'minoti va kanalizatsiya  sohasini bugungi kun talabi darajasida  yo‘lga qo‘yish maqsadida hal etilmagan muammolar hamon mavjud.

Xususan,  poytaxt aholisi va korxona-muassasalari  shahar  toza  ichimlik  suvi tizimlariga  ulanish uchun  ilgari  bir  necha  “Suvsoz” tasarrufidagi quyi tashkilotlarga  qatnab,  tartibli  hujjat  rasmiylashtirish  jarayonidan  o‘tishi lozim edi.

2019 yildan  iste'molchi  suv tizimiga ulanish uchun “texnik shart” olgan  vaqtidan  boshlab ko‘maklashish “Markaz”iga  murojaat  qiladi.  Markaz orqali  quyidagi ishlar  bir joydan turib bajariladi,  jumladan,  loyiha chizdirish, «Suvabonentxizmati”  sho‘'ba  korxonasi  orqali  suvga ulanish, “Suvo‘lchagich” korxonasi orqali suvo‘lchagich  uskunasi o‘rnatish, uskuna o‘rnatilishi davridagi suv bosimini kamaytirish yoki zarurat tufayli o‘chirib turishgacha bo‘lgan harakatlar,  iste'molchiga  shaxsiy hisob varaqasi ochish  va shartnoma tuzishgacha bo‘lgan jarayonni  qamrab oladi.

Iste'molchi,  “Markaz”ga murojaat qildimi, demak, bu  murojaatning yechimini topish masalasini Markaz o‘z zimmasiga oladi.

Sizning murojaatingiz belgilangan  muddatda, sifatli bajarilishi ta'minlanadi.

“Markaz” Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 2 -uyda joylashgan.“Markaz”  rahbari Haydarov Botir Tursunboyevich.

Qabul vaqti:  Har  kuni 9-00 dan  18-00 gacha, dam olish kuni yakshanba.

“Ishonch telefon” raqamlari: 71-252-19-35; 71-252-19-37.          

Mavzuga oid