Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela muxolifati yetakchisi butun dunyo bo‘ylab yangi mitinglarga chaqirdi
Venesuela muxolifati yetakchisi, o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida e'lon qilgan Xuan Guaydo 27 yanvar kungi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya vaqtida mamlakat aholisini yana tinch namoyishlarga chiqishga chaqirdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda chiqish qilib, Xuan Guaydo odamlarni shu haftaga rejalashtirilgan ikkita mitingda ishtirok etishga chaqirdi. U fuqarolarni 30 yanvar, chorshanba va 2 fevral, shanba kuni tinch namoyishlarda ishtirok etish uchun o‘z uylari hamda ofislarini tark etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Sky.
Venesuelalik muxolifatchi dam olish kuni «Venesuelaning har bir burchagi» va butun dunyoda namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan. Guaydo Venesuela amaldagi prezidenti Nikolas Maduroning saylanishi qonuniy ekanini savol ostiga olishda davom etyapti.
Bundan tashqari, 2 fevral kungi norozilik mitingi Madurodan sakkiz kunlik muddat ichida yangi prezidentlik saylovi o‘tkazishni talab qilgan Yevropa ittifoqi ultimatumi muddati tugaydigan kunga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuelaning Guaydo tomonidan tayinlangan vakilini tan olgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025