Sport | 09:08 / 29.01.2019
9917
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlandi: «MYu» endi «Chelsi»ga to‘qnash keladi

Foto: Getty Images

138-marotaba o‘tkazilayotgan Angliya Kubogining 5-bosqichi uchun qur'a tashlandi.

Qur'a natijasiga ko‘ra, oldingi bosqichda «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Manchester Yunayted» nimchorak finalda «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Ushbu ikki jamoa musobaqaning so‘nggi finalida o‘zaro ro‘baro‘ kelgan va unda londonliklarning qo‘li baland kelgandi.

Musobaqaning yana bir favoriti «Manchester Siti» bu bosqichda quyi liga jamoasiga to‘qnash keladi. «Shaharliklar»ning raqibi yo Chempionshipdan «Midlsbro», yoki to‘rtinchi liga vakili «Nyuport» klubi bo‘ladi.

Nimchorak final bahslari 15-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichning yana 4 ishtirokchilari 5 fevralda ma'lum bo‘ladi, «Brentford»-«Barnet» o‘yini sanasi hali belgilanmagan.

Angliya Kubogi, 1/8 final
Bristol Siti – Shrusberi/Vulverhempton
AFK Uimbldon – Milluoll
Donkaster –  Kristal Pelas
Midlsbro/Nyuport – Manchester Siti
Chelsi – Manchester Yunayted
Suonsi – Barnet/Brentford
Porsmut/Kuinz Park Reyndjyers – Uotford
Brayton/Vest Bromvich – Derbi Kaunti

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid