Jahon | 08:48 / 29.01.2019
10857
1 daqiqa o‘qiladi

Bolton Maduroga yangi choralar bilan tahdid qildi

Foto: Ting Shen, Xinhua/Barcroft Images

Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar Nikolas Maduro hukumatiga bosim o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishda davom etadi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni «noqonuniy» hukumatni daromadlardan mahrum qilishni, shuningdek, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlash niyatida.

«Qo‘shma Shtatlar Maduro va uning yugurdaklariga Venesuela xalqi aktivlarini talashda davom etishga imkon bermaydi», - deya yozgan Bolton.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Venesuela hukumati hisoblarini nazoratga olmoqchi ekani, Maduro AQShga javob haqida va'da bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid