Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Tramp bilan gaplashganini aytdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Amerika prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashgani haqida xabar berdi. Bu haqda CNN ma'lumot tarqatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat AQSh yetakchisi, balki mintaqa va dunyodagi boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham so‘zlashgan. Guaydoning qayd etishicha, mamlakatda amaldagi tartiblar mavjudligini ta'minlab beradigan «yolg‘on muloqotga» bormoqchi emas.
Aniqlik kiritilishicha, Guaydo Tramp bilan «harbiy variant»ni muhokama qilish to‘g‘risidagi savolga uning uchun favqulodda gumanitar vaziyatda bo‘lgan mamlakat fuqarolari birinchi darajadagi ahamiyatga ega ekani haqida javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Maduroga yangi choralar bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025