Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Venesuela hukumati hisoblarini nazoratga olmoqchi, Maduro AQShga javob haqida va'da berdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning xabar berishicha, Venesuela hukumati hisob raqamlarini nazorat ostiga olish haqida buyruq bergan. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar aholini talashga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, odamlar muammolarini hal qilish uchun mablag‘larni yo‘naltirish uchun zarur.
«Men respublika hisob raqamlarini Venesuela davlati va uning qonuniy hukumati nazorati ostiga olish haqida buyruq berdim», - deya ma'lum qildi Guaydo.
O‘z navbatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, mamlakatning Amerika hududidagi vakili bo‘lgan barcha diplomatlar vatanlariga qaytib kelgan. Uning nutqi tvitterdagi rasmiy sahifasida translatsiya qilindi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hududida AQSh bilan rasmiy diplomatik aloqalar yo‘q bo‘lib turgan hozirgi paytda kerakli aloqalar uchun zarur bo‘lgan, «manfaatlar ofislari»ni yaratishga yordam beradigan amerikalik yetti nafar diplomat Karakasda qolgan.
«Men Karakasga kelgan, AQSh elchixonasidan bo‘lgan diplomatlarni qutlamoqchiman», - dedi Maduro.
Shuningdek, Maduroning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan PDVSA kompaniyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar noqonuniy sanaladi.
Davlat rahbarining fikricha, Amerika tomoni Venesueladan PDVSA’ning sho‘'basi bo‘lgan Citgo’ni «o‘g‘irlash» niyatida.
«Biz Venesuelaning AQSh va vatanimizdagi manfaatlarini himoya qilish uchun barcha huquqiy, siyosiy, tezkor, texnik, tijorat choralarini qo‘llaymiz», - dedi Maduro.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar simmetrik javob qaytaradi hamda mamlakat manfaatlarini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela muxolifati yetakchisi butun dunyo bo‘ylab yangi mitinglarga chaqirgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025