SOCAR va BP O‘zbekistondagi investitsiya bloklarida georazvedka ishlarini olib boradi

Ozarbayjonning SOCAR va Buyuk Britaniyaning BP kompaniyalari Ustyurt hududidagi uchta investitsiya blokida geologik razvedka ishlarini olib boradi. Bu haqda «O‘zbekneftegaz» matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmatining bildirishicha, «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Sayidov SOCAR vitse-prezidenti B. Guseynov va VR kompaniyasining neft tizimlari bo‘yicha katta mutaxassisi A. Javadov bilan mazkur masalani muhokama qilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur kompaniyalar bilan hamkorlik qilish O‘zbekiston neft-gaz sanoati uchun ustuvor hisoblanadi.
Investitsiya bloklari bo‘yicha taqdim etilgan ma'lumotlar yakunlari bo‘yicha seysmik va geofizik ishlarni olib borish zarurligi qayd etildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

22:26 / 08.06.2020
BP 2020 yil oxirigacha 10 ming ishchisini bo‘shatadi

14:46 / 18.09.2018
BP O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi. Castrol moyini ishlab chiqarish rejalashtirilgan

14:54 / 30.05.2018
BP rahbari: neft narxi 100 dollargacha ko‘tarilishiga hech qanday sabab yo‘q

23:48 / 10.07.2017