Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transparency International korrupsiya reytingida O‘zbekiston 158-o‘rinni egalladi
Transparency International korrupsiya bilan kurashish bo‘yicha xalqaro nodavlat tashkiloti 2018 yil yakunlari bo‘yicha hisobot e'lon qildi.
O‘zbekiston reytingda 180 mamlakat ichida 158-o‘rinni egalladi. 2017 yilda davlat 180 mamlakat orasida 157-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2016 yilda - 176 mamlakat ichida 156-pog‘onadan joy olgandi.
Daniya birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi - Yangi Zelandiya. Uchinchi pog‘onani Finlyandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveytsariya bo‘lishib oldi.
Reytingda so‘nggi uch o‘rinni Somali, Janubiy Sudan hamda Suriya egallab turibdi.
Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda - 124-o‘rin. Turkmanistonda eng yomoni - 161-pog‘ona.
Transparency International - korrupsiya bilan kurash va butun dunyo bo‘ylab korrupsiya darajasini o‘rganish bo‘yicha nodavlat xalqaro tashkilot. Xalqaro harakat 1993 yilda Jahon banki sobiq direktori Peter Aygen tomonidan Berlinda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida o‘z bo‘linmalariga ega.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025