Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kansleri: Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham «sariq jiletlar» paydo bo‘lishi mumkin
Avstriya kansleri Sebastyan Kursning ma'lum qilishicha, Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham Fransiyadagi «sariq jiletlar»ga o‘xshash harakat paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda u CNews efirida aytib o‘tdi.
Kursning so‘zlariga ko‘ra, shunga o‘xshash harakatlar Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham yuzaga kelishi mumkin, ammo Avstriyada bu sodir bo‘lmaydi.
«Men zo‘ravonlikning har qanday shaklini rad etaman. Avstriyada biz «sariq jiletlar»ning norozilik namoyishlari qattiq xarakterga ega, deb hisoblaymiz», - dedi Kurs.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Avstriya zo‘ravonliksiz ko‘plab tinch namoyishlar o‘tkaziladigan erkin mamlakat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda «qizil sharflar» «sariq jiletlar»ga qarshi namoyishga chiqqandi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025