Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari davlat tashkilotlarida rahbarlik qila olmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarga erishishni ta'minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta'minlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari tomonidan xo‘jalik jamiyatlari va kompaniyalar, shuningdek, davlat ulushiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan bir vaqtning o‘zida rahbarlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024