Jamiyat | 13:00 / 30.01.2019
35752
6 daqiqa o‘qiladi

«To‘yiga ozgina qolganida kasalligi ma'lum bo‘ldi». Yosh yigit Ulug‘bek yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Inson ne umidlar bilan farzand ulg‘aytiradi. Uning kelajakdagi amallari, el-yurtiga foydasi tegishi, o‘z baxtini topishi haqida ota-ona    qancha xayol qilmaydi deysiz? Farzand ulg‘ayib, kamolga yetsa ham baribir farzand bo‘lib qolaverar ekan.

Navbatdagi xayriya murojaatimiz sabab poytaxtimizdagi gematologiya shifoxonasiga yo‘l oldik. Xayriya sababchisi leykoz kasalligiga uchragan yosh yigit Ulug‘bek ekan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Aniqroq ma'lumot olish uchun, avvalo, bemorning shifokorlari bilan suhbatlashdik.

«Beknazarov Ulug‘bek 1993 yilda tug‘ilgan. 2018 yil may oyida bizning klinikamizning 1-gematologiya bo‘limiga juda og‘ir ahvolda kelgan. Kasallik tana harorati yuqoriligi, antibiotiklar bilan ham tushmasligi, tanada ko‘karishlar, taloqning kattalashuvi bilan boshlangan. Viloyatlarda sharoit yaxshi bo‘lmaganligi uchun bu yerga olib kelishgan. Tahlil qilingan vaqtda qonida trombotsitlar va gemoglobinning kamayishi aniqlangan. Ilikdan tahlil olganimizda 94 foiz saraton xujaylari aniqlangan. Morfologik tahlillardan so‘ng, davolanishni boshladik. Muolajalar juda murakkab bizda. Davolash jarayonida 50 ga yaqin insonning qoni olinib ushbu bosqichga o‘tkazildi. Biz endi bu bemorimizga ilik ko‘chirish usulini tavsiya qilamiz», – deydi bo‘lim mudiri Ma'mura Nigmatova.

Shundan so‘ng, bemorning ota-onasidan bo‘lib o‘tgan voqealar haqida so‘zlab berishini so‘radik.

«2018 yil mart oyida kutilmaganda o‘g‘lim ozib ketdi. Avvalari hech kasal bo‘lgan bola emas edi. O‘g‘illarim ichida eng serharakati shu bolam edi. Keyin shifokorlarga murojaat qildik. Namangandagi onkologiya shifoxonasida tahlil topshirdi. U yerda yaxshi tashxis qo‘ya olmaganligi uchun Toshkentga olib keldik. Bu yerda o‘tkir leykoz tashxisini qo‘yishdi. Har oy kelib davolanib turamiz. Bir kurs davolanishni o‘tagandan so‘ng, 10 kunlarga javob berishadi. Hozir 7-marta davolanishimiz. Ilik ko‘chirish muolajasi bo‘lar ekan. O‘zining opasi donorlik qiladigan bo‘lyapti. Bu chet elda qilinar ekan: Turkiyada yoki Moskvada. Mablag‘ ko‘p kerak, deyishyapti. Turkiyada 80 ming AQSh dollariga, Moskvada 65 ming AQSh dollariga qilinar ekan. O‘zimizning ham yig‘gan pullarimiz bor. Lekin, bu katta mablag‘, o‘zimizning kuchimiz yetmaydi», – deydi abgor holda Abdusalom ota.

«Bolamni orzu-havaslar bilan uylantirish niyatida edik. To‘yga ozgina qolganda shu sinovga uchrab turibmiz, bolam. O‘g‘limni o‘zi ham ilmli bola. Qur'onni yodlashga kirishgan, taqvo bilan yuradigan yigit edi. Hozir ham «Onajon yig‘lamang, Allohning bir sinovi-da», deyapti. Noumid shayton, dardini bergan shifosini ham beradi-ku», – deydi ko‘z yoshlarini tiya olmayotgan volidasi.

Yoshi ulug‘ ota-onasining ko‘z yoshlarini ko‘rib bizning ham qalbimiz junbushga keldi. Ortga qaytar ekanmiz, «bemorga shifo, ota-onasiga esa sabr tiladik». Ammo dard qancha og‘ir bo‘lmasin, ketadigan xarajat qancha katta bo‘lmasin, Allohning mo‘jizalari oldida bu to‘siqlar hech narsa emas.

Qadrdon vatandoshlar, ushbu oilaning og‘ir kunlarida dastak bo‘lib, hamyurtimiz Ulug‘bekning shifo topishi uchun ko‘makda bo‘laylik! Zero, bu taqdirning achchiq qismati barchamiz uchun imtihondir.

Turg‘unova Ma'mura (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 7915 7560 (Agrobank)

VISA KARTA: 4187 8200 0009 5180 (Agrobank)

Ulug‘bekning qarindoshi Toxirjon Raximovning kartasi
Sberbank: 4817 7601 2090 8771

MFO: 00225

INN: 200047133

Naqd pul topshirganda: 23116000300000225001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000100000225001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000800000225001

Otasi Beknazarov Abdusalomning telefon raqami: (91) 366-66-32


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid