Jahon | 15:47 / 31.01.2019
4972
2 daqiqa o‘qiladi

Guaydo Yevropa davlatlari Maduroga qo‘yilgan ultimatumni bajarishiga ishonchi komilligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Leo Alvares

O‘zini prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo YeI davlatlari prezident Nikolas Maduroga qo‘yilgan ultimatumni bajarishiga ishonchi komilligini bildirdi.

26 yanvar kuni agarda sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi davlatlari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyorligini bildirgandi.

"Ishonchim komil, bu qat'iy nuqtai nazar bo‘lib, yaqin kunlarda ultimatum bajariladi, bu esa biz venesuelaliklar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi", - dedi Guaydo Ispaniyaning Pais nashriga bergan intervyusida.

Ayni paytda AQShdan tashqari, Kanada, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Paragvay, Chili, Argentina, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Gruziya, Fransiya, Ukraina, Albaniya va Buyuk Britaniya hukumatlari Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik davlat rahbari sifatida tan oldi.

O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Kuba, Eron, Boliviya, Urugvay, Meksika, Salvador, Nikaragua, Suriya va Turkiya kabi davlatlar Maduro tarafida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid