Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori katta yordamchisiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
2019 yil 24 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqaro A.I. o‘zi tomonidan shaharsozlik qoidalariga zid ravishda qurilgan turar joyga oid kelib tushgan arizani ijobiy hal qilib berish evaziga Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori katta yordamchisiga 1000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi mahkama xabarida.
Mavzuga oid
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
20:04 / 22.05.2025