O‘g‘rilar ortidan quvgan politsiyachi tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi

Shveytsariya politsiyasi xodimi o‘g‘rilarni qo‘lga olishga urinish uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Politsiyachi o‘g‘rilarni mashinada ta'qib qilish vaqtida ikki marta belgilangan tezlikni oshirgan. Birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb hisoblash mumkin bo‘lsa, ikkinchi tezlikni oshirish qo‘pol qoidabuzarlik deb topilgan.
Voqea Jyenevada yuz bergan. Politsiyachi bankni o‘marishda gumonlanuvchilarni ta'qib qilish vaqtida belgilangan tezlikni dastlab 30 km/soatga, so‘ngra 42 km/soatga oshirgan. Prokurorlar birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb topishgan, biroq ikkinchisi uchun politsiyachiga 600 frank (530 dollar) jarima solishgan. Politsiyachi qaror bo‘yicha shikoyat qilgan, biroq oliy sud uni kuchda qoldirgan.
Sudda ta'kidlanishicha, ta'qib vaqtida tezlikni chamalash lozim. Tezlikni oshirish insonlar hayotiga xavf mavjud bo‘lganda mumkin deb hisoblangan bo‘lardi. Biroq politsiyachi gumonlanuvchilar hech kimga ziyon yetkazmasliklarini bilgan va shu sababli ta'qib vaqtida yon-atrofdagilarga xavf tug‘dirmaydigan tezlikni tanlashishi kerak edi.
Mavzuga oid

16:46 / 25.03.2025
Tez yurishga rag‘bat yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

10:45 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda

17:51 / 15.03.2025
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda

23:04 / 04.03.2025