Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Ilon Maskning shaxsiy samolyoti parvozlari uchun 700 ming dollar sarflagan
Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisi o‘tgan yil davomida kompaniya asoschisi Ilon Maskning shaxsiy samolyoti parvozlariga 700 ming dollar xarajat qilgan.
The Washington Post gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Maskning 70 mln dollar qiymatidagi samolyoti AQSh, Yevropa va Osiyo bo‘ylab umumiy hisobda 250 ming km masofada amaliy va ta'til parvozlarini amalga oshirgan.
Xarajatlarga izoh berarkan, Tesla kompaniyasi vakili Deyv Arnold shunday dedi: «Afsuski, biz teleportatsiya qila olmaymiz, faoliyatimizni samarali olib borish uchun esa boshqa usul yo‘q».
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida kompaniya korporativ hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra Tesla o‘tgan yili deyarli 1 milliard dollar (976 million dollar) miqdorida zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
22:00 / 24.05.2025