Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Guaydoni prezident deb tan oldi
Yevropa parlamentining 439 deputati Xuan Guaydoni Venesuela muvaqqat prezidenti deb tan oluvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Qonun chiqaruvchi tashkilotning 104 a'zosi esa qarshi ovoz bergan.
«Yevroparlament Guaydoni mamlakatning qonuniy prezident deya tan olish uchun ovoz berdi», — deydi Yevroparlament raisi Antonio Tayani.
Rezolyutsiyada 35 yoshli siyosatchini mamlakatda adolatli va erkin saylovlar o‘tguniga qadar davlat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida keltiriladi. Hujjatda Nikolas Maduroning inauguratsiyasi “hukumat uzurpatsiyasi”, deya atalgan.
Parlament a'zolari inqiroz davrida zo‘ravonlikka qarshi chiqmoqda va namoyishlar paytida halok bo‘lgan fuqarolar ishi bo‘yicha BMTni tergov boshlashga chorlamoqdalar.
Yevroparlament qarori hukumat idoralari uchun majburiy hisoblanmaydi va faqat tavsiya sifatida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni agarda sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi davlatlari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025