Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo AQShning Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvini istisno qilmadi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, Venesueladagi vaziyatga AQSh harbiy aralashuvini istamaydi, ammo shunga o‘xshash ssenariy istisno etilmaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Guaydoga AQShdan harbiy yordam so‘ragani borasida savol berishganida, u Venesuela aholisi prezident Nikolas Maduroga «mumkin bo‘lgan har qanday bosim» ko‘rsatilishini xohlashi haqida aytdi.
«Venesuelada biz Maduroga bosim o‘tkazish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz, bu harbiy ssenariyga bormasligimiz maqsadida amalga oshirilmoqda, sababi buni hech kim istamaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Guaydo avvalgi javobga aniqlik kiritish so‘ralganida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Venesuela harbiylari bilan yashirin uchrashuvlar haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025