Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Morales Venesuelada Maduro bilan uchrashdi
Boliviya prezidenti Evo Morales venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduro bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.
Morales postida Maduroni «birodarim», deb atagan va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bundan tashqari, u davlat to‘ntarishini va Venesuela milliy boyliklarini egallab olishga bo‘lgan harakatni qoraladi. Qayd etilishicha, bu xalqaro huquqning buzilishi hisoblanadi.
«Boliviya to‘qnashuvlarning oldini olish uchun muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi», - dedi Morales.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo AQShning Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvini istisno qilmagandi.
Mavzuga oid
21:42 / 10.01.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
17:28 / 08.01.2025
Venesuelada AQSh, Kolumbiya va Ukraina fuqarolari bo‘lgan 7 kishi hibsga olindi
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024