Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron ortidan kuzatish uchun Iroqda qo‘shinlarini qoldiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron ortidan kuzatish uchun Iroqda qo‘shinlarni qoldirishini aytdi.
“Men istayotgan barcha narsa, kuzatish imkoniga ega bo‘lishdir. Bizda Iroqda qurilgan juda qimmat va aqlbovar qilmas harbiy baza bor. U notinch Yaqin Sharqning barcha qismlari ortidan kuzatish uchun mukammal joylashgan”, deb aytgan Tramp CBS telekanalidagi “Face the Nation” dasturida.
Tramp “Kimdir yadro quroli yoki boshqa narsalar ishlab chiqishni istasa, ular buni qilishidan oldin biz bu haqda xabar topamiz”, deb, AQSh Yaqin Sharqdagi muammolarni oldindan ko‘ra olishiga umid bildirgan.
AQSh prezidenti Iroqdagi ishtirokni tanqid qilib, uni “yo‘lga qo‘yilgan eng katta xatolardan biri” deb ataydi. Biroq uning o‘zi ham, ba'zi qo‘l ostidagilar ham Eron AQShga jiddiy xavf solishini ta'kidlab keladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025