Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi alohida vazirlik tarkibiga kiritiladi - Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib vazirlik tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida yoziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida mos ravishda Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.
«Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining «Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Mavzuga oid
14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»
23:58 / 22.09.2020
2021 yil 1 yanvardan identifikatsiya ID-kartalari joriy etiladi - Prezident farmoni
20:54 / 25.07.2020
Tibbiyot OTMlarini davlat granti asosida bitirganlar 1 yilgacha vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi - Prezident farmoni
20:52 / 25.07.2020