Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq 1990-1991 yilgi bosqini uchun Kuvaytga 300 million dollar to‘ladi
Iroq 1990-1991 yilllardagi bosqini, bosqin natijasida ayrim shaxslar, kompaniyalar va tashkilotlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun Kuvaytga 300 million dollar to‘ladi, deb yozadi al-Rai gazetasi.
Bag‘dod 2018 yil aprelida Kuvaytga to‘lovlarni amalga oshirishni qaytadan boshladi. Iroqdagi vaziyatning yomonlashgani sababli 2014 yil oktyabrda to‘lov to‘lash vaqtinchalik to‘xtatilgandi. O‘shanda 90 million dollar to‘langandi. Ma'lum qilinishicha, Iroq Kuvaytga jami 47,9 milliard dollar to‘lagan va 4,5 milliard dollar qarzi qolgan. Gazeta xabariga ko‘ra, Bag‘dod har uch oyda 300 million dollardan to‘lashi kerak.
Iroqning Kuvaytga hujumi 1990 yil 2 avgustda amalga oshirilgan. 1991 yil 17 yanvarda AQSh Iroqqa qarshi "Sahrodagi bo‘ron" operatsiyasini boshlagan. Operatsiya 41 kun davom etgan va 6 mart kuni sulh tuzilgan.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi
15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
21:21 / 14.03.2025