Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro AQShning Venesuelaga harbiy intervensiyasiga qarshi imzolar to‘planishini e'lon qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 6 fevraldan AQShning Venesuelaga harbiy intervensiyasiga qarshi imzolar to‘planishi boshlanishini e'lon qildi. Maduro bu haqda 4 fevralda Aragua shtatidagi harbiy paradda aytib o‘tgan.
“Men Venesuela xalqini AQSh hukumati tomonidan harbiy kuch qo‘llanishi tahdidiga birgalikda qarshi chiqishga chaqiraman. Kelayotgan chorshanbadan mamlakat bo‘ylab bu tahdidlarga qarshi Oq uyga topshiriladigan imzolar to‘planishi boshlanadi. Men Venesuela xalqini bu hujjatni imzolashga chaqiraman”, deb aytgan Maduro.
Venesuela prezidentining aytishicha, imzolar to‘planishi “har bir maydonda, kazarmada, maktabda, fabrikada” o‘tishi kerak. “Biz Amerika intervensiyasini istamaymiz, biz tinchlik, tinchlik va mustaqillik, tinchlik va qadr-qimmat, tinchlik va milliy suverenitet, tinchlik va ozodlikka asoslangan demokratiyani istaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Maduro.
3 fevralda AQSh prezidenti Donald Tramp hozirda siyosiy inqiroz davom etayotgan Venesuelada AQSh kuchlari qo‘llanishi mumkinligini istisno qilmasligini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025