Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus»ning qoqilishi, «Napoli»ning yirik g‘alabasi va «Inter»ning kutilmagan mag‘lubiyati – Italiyada tur voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 22-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
«YuVeNTUS» O‘Z MAYDONIDA TAYYoR G‘ALABANI QO‘LDAN ChIQARDI
«Yuventus» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qildi va kutilmaganda 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri bellashuvda rotatsiyani amalga oshirib, zaxira tarkib xizmatidan foydalandi. Xususan, himoya chizig‘i to‘liq eksperimental ko‘rinishda bo‘ldi. Natijada, jamoa avvalgidek ishonchli o‘ynay olmadi.

36-daqiqada Ronalduning zarbasidan so‘ng, to‘p rikoshet natijasida darvozadan joy oldi. 62-daqiqada Manjukich tomonidan oshirilgan to‘pni Rugani yaqin masofadan kuchli zarba bilan golga aylantirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tgach «Parma» hisobdagi farqni qisqartirdi. Kutska to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Barella boshi bilan uni darvozaga aniq yo‘lladi. Bu hisob ham 2 daqiqa saqlanib turdi. Manjukich to‘pni jarima maydoniga oshirganida Ronaldu boshi bilan aniq zarba yo‘lladi va farqni yana ikkitaga yetkazdi. Shundan so‘ng, «Yuventus» xotirjamlikka berildi. Bu esa unga qimmatga tushdi. 74-daqiqada Kutska oshirgan to‘pni Jyervino tovoni bilan darvozaga kiritgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda uning o‘zi yaqin masofadan gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Bu durangga qaramay, «Yuventus» yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 9 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Yuventus – Parma 3:3 (1:0, 2:3)
2 fevral, «Alyans Stedium» stadioni
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 62 Rugani, 2:1 – 64 Barilla, 3:1 – 66 Ronaldu, 3:2 – 74 Jyervino, 3:3 – 90 Jyervino.
Yuventus – Perin, Joau Kanselu, Rugani, Kaseres, Spinatssola, Xedira (Bentankur, 79), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Bernardeski, 46; Jan, 86), Ronaldu, Manjukich.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kutska (Sprokati, 86), Skotssarella (Shtulats, 76), Barilla, Biabiani (Siligardi, 57), Ingleze, Jyervino.
Ogohlantirishlar: Barilla (26), Skotssarella (28), Jan (90).
«NAPOLI» «SAMPDORIYa»DAN O‘Ch OLDI
«Napoli» o‘z maydonida «Sampdoriya» bilan o‘ynadi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs taqdirini 1-bo‘limning 2 daqiqasi hal qildi. Neapolliklar raqibning sustkashligidan foydalanib, bu vaqt oralig‘ida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

25-daqiqada Kalexonning jarima maydoniga yetkazgan to‘pini Milik kuchli zarba bilan darvozaga joyladi. Oradan 1 daqiqa o‘tgach, aynan shunday oshirmadan so‘ng, Insine gol urishga erishdi. «Napoli» o‘yin oxirigacha tashabbusni qo‘ldan boy bermadi va so‘nggi daqiqada Verdi penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy natijani 3:0 bo‘lishini ta'minladi. Bu bilan neapolliklar 1-davradagi aynan shunday hisobdagi mag‘lubiyat alamini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu g‘alabadan so‘ng, «Napoli» 51 ochko to‘pladi. Jamoa peshqadam «Yuventus»dan 9 ochko ortda, ammo yaqin ta'qibchisi «Inter»dan 11 ochko oldinda bormoqda.
Napoli – Sampdoriya 3:0 (2:0, 1:0)
2 fevral, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 1:0 – 25 Milik, 2:0 – 26 Insine, 3:0 – 89, penalti Verdi.
Napoli – Meret, Xyusay, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Hamshik (Diavara, 74), Zelinski, Insine (Verdi, 83), Milik (Una, 90).
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Andersen, Kolli, Murru, Linetti, Ekdal (Ronaldu Viyeyra, 73), Yankto, Ramires (Saponara, 54), Defrel (Gabbyadini, 59), Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Yankto (73), Murru (76), Andersen (87).
«INTeR»NING KUTILMAGAN MAG‘LUBIYaTI
«Inter» o‘z uyida autsayderlardan biri «Bolonya»ni qabul qildi va kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazdi. Mehmonlar yangi bosh murabbiy Sinisha Mixaylovich qo‘l ostida ilk o‘yinni o‘tkazishdi va ishonchli harakat qilib, juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

32-daqiqada burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Santander boshi bilan darvozaga yo‘llab, yagona gol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni «Inter» faolroq o‘tkazdi, bir necha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ikardi va Martines gol urishga yaqinroq edi, ammo «Bolonya» himoyasi xatoga yo‘l qo‘ymadi va 14ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Bu natijadan so‘ng, «Inter» 40 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi, «Bolonya» esa 17 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.
Inter – Bolonya 0:1 (0:1, 0:0)
3 fevral, «Juzeppe Meatssa (San-Siro)» stadioni
Gol: 0:1 – 32 Santander.
Inter – Handanovich, Soaresh (Ranokkiya, 79), de Vrey, Shkrinyar, Dalbert, Vesino, Brozovich, Kandreva (Martines, 46), Nainggolan (Joau Mariu, 68), Perishich, Ikardi.
Bolonya – Skorupski, Mbayye, Larangeyra, Voynovich (Gonsales, 49), Deyks, Orsolini, Pulgar, Poli, Palasio (Kreychi, 74), Soriano, Santander (Destro, 87).
Ogohlantirishlar: Mbayye (40), Vesino (44), Larangeyra (64).
«ROMA» - «MILAN» O‘YINIDA G‘OLIB ANIQLANMADI
Turning markaziy o‘yinida «Roma» va «Milan» klublari bellashdi. Har ikkala jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgani sababli, o‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
«Roma» Italiya Kubogida «Fiorentina»dan uchralgan 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘z muxlislari oldida «aybini yuvish» uchun katta ishtiyoq bilan maydonga tushgani ko‘rinib turdi. Jamoa o‘yinda biroz tashabbusga ega bo‘ldi. Ammo hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 26-daqiqada Paketa chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Pyontek himoyachilardan ildamroq harakat qilib, uni darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
«Roma» 2-bo‘lim boshida hisobni tenglashtirdi. Karsdorp to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachi Musakko uni qaytaraman deb, o‘z darvozasi tomon yo‘llab qo‘ydi. Darvozabon Donnarumma chaqqon harakat bilan to‘pni qaytara oldi. Ammo unga birinchi bo‘lib yetib kelgan Dzanolo bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin oxiriga qadar Shik, Jyeko va Dzanolo gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishgandi. Ammo Donnarumma darvozada ishonchli o‘ynab, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.
Bu natijadan so‘ng, «Milan» 36 ochko bilan 4-o‘rinda, «Roma» esa 35 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Roma – Milan 1:1 (0:1, 1:0)
3 fevral, «Stadio Olimpiko» stadioni
Gollar: 0:1 – 26 Pyontek, 1:1 – 46 Dzanolo.
Roma – Olsen, Karsdorp (Santon, 86), Manolas, Fasio, Kolarov, de Rossi, Pellegrini, Shik (Klyuyvert, 81), Dzanolo, Florensi (El-Shaaravi, 65), Jyeko.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Lukas Paketa (Kastilexo, 77), Suso (Laksalt, 87), Pyontek (Kutrone, 87), Chalxanoglu.
Ogohlantirishlar: Manolas (18), Dzanolo (21), Suso (39), Lukas Paketa (53), Pellegrini (63), Kessie (72), Kalabriya (90).
22-TURNING BARChA NATIJALARI
2 fevral
Empoli – Kevo 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 31 Djakkerini, 0:2 – 45 Stempinski, 1:2 – 45 Kaputo, 2:2 – 52 Kaputo.
Napoli – Sampdoriya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25 Milik, 2:0 – 26 Insine, 3:0 – 89, penalti Verdi.
Yuventus – Parma 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 62 Rugani, 2:1 – 64 Barilla, 3:1 – 66 Ronaldu, 3:2 – 74 Jyervino, 3:3 – 90 Jyervino.
3 fevral
SPAL – Torino 0:0
Chetlatish: Nkulu (65, Torino).
Jyenoa – Sassuolo 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 28 Jurichich, 1:1 – 41 Sanabriya.
Udineze – Fiorentina 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 56 Larsen, 1:1 – 65 Fernandesh.
Inter – Bolonya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Santander.
Roma – Milan 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26 Pyontek, 1:1 – 46 Dzanolo.
4 fevral
Frozinone – Latsio
Kalyari – Atalanta
A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI
17 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5 pen)
16 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 4)
15 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2)
12 - Arkadiush Milik (Napoli)
11 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Chiro Immobile (Latsio, 2)
9 - Mauro Ikardi (Inter, 3)
23-TUR O‘YINLARI
7 fevral
Latsio - Empoli
8 fevral
Kevo - Roma
9 fevral
Fiorentina - Napoli
Parma - Inter
10 fevral
Bolonya - Jyenoa
Atalanta - SPAL
Sampdoriya - Frozinone
Torino - Udineze
Sassuolo - Yuventus
Milan - Kalyari
«MILAN» QIShKI TRANSFeRLAR UChUN YeVROPADA ENG KO‘P PUL SARFLADI
Italiyaning «Milan» klubi qishki transferlar uchun eng ko‘p pul sarfladi, deb xabar beradi Football UA.
Moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarga qaramay, «rossoneri» yangi futbolchilar uchun 70 million yevro xarajat qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa klublari orasida peshqadam bo‘lib olishdi.
«Milan» yarimhimoyachi Lukas Paketa va hujumchi Kshishtof Pyontek uchun 35 million yevrodan to‘ladi.
Ikkinchi o‘rinni «Zenit» yarimhimoyachisi Leandro Paredes transferi uchun 45 million yevro sarflagan «PSJ», uchinchi o‘rinni Dominik Solanke va Kris Mefam transferi uchun 35 million yevro xarajat qilgan «Bornmut» egalladi.
Qayd qilish joizki, A Seriyada faqat «Napoli» va «Roma» birorta transferni amalga oshirishmadi. «Yuventus», «Inter», «Atalanta», «Latsio» va «Torino» 1 futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishdi.
Eng ko‘p transfer «Empoli» tomonidan amalga oshirildi. A Seriyaning 17-pog‘onasida borayotgan jamoa 7 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020