Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining jahon iqtisodiyoti uchun xavfini baholadi
BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD) mutaxassislari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining ushbu ikki davlat va jahon iqtisodiyoti uchun oqibatlari qanday bo‘lishini baholashdi.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, YuNKTAD vakili Pamela Kok-Gamiltonning fikricha, xalqaro savdo tizimi uchun oqibatlar o‘ta salbiy bo‘ladi. Uning aytishicha, AQSh 1 martdan Xitoy mahsulotlariga bojlarni tiklasa, dunyoni “valuta urushlari va ishchi o‘rinlari yo‘qotilishiga olib keluvchi devalvatsiya”, “savdoni deformatsiyalovchi bir qator oqibatlarga olib keluvchi keskin effekt” kutmoqda.
YuNKTAD mutaxassislarining fikricha, yuz beradigan dastlabki oqibatlardan biri avval AQSh va Xitoy o‘rtasida mavjud bo‘lgan savdo oqimlarining qayta taqsimlanishi bo‘ladi.
“Yevropa Ittifoqiga AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdoning 70 mlrd dollari o‘tadi. Yaponiya, Meksika va Kanada esa 20 mlrd dollardan oladi”, deb aytgan Kok-Gamilton.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025