Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartada O‘zbekistonga sayohat qilgan indoneziyaliklarning eng sara suratlari fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
7-17 fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi «Istiqlol» muzeyida, «O‘zbekistonga sayohat» nomli fotoko‘rgazma tashkil etiladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, fotoko‘rgazma doirasida «O‘zbekiston ulamolar yurti» mavzuidagi konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.
Fotoko‘rgazmada o‘tgan yil davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik sayyohlar tomonidan ishlangan eng sara 100 ta fotosurat namoyish etiladi. Unda shuningdek universtitet professorlari, talabalar va sayyohlarning shaxsiy fotoarxividagi rasmlarni ham ko‘rish mumkin.
Fotoko‘rgazmada namoyish etiladigan fotosuratlar www.visituzbekistan.id sayti orqali ham e'lon qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarga joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan Ziyorat-turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum haqida keng ma'lumot taqdim etish ham rejalashtirilgan.
Ko‘rgazma tashkilotchilari - Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Indoneziyadagi O‘zbekiston turizm elchisi professor Eko Shri Margianti hamda «Istiqlol» muzeyi ma'muriyati.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Indoneziyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etish, ikki davlat o‘rtasida turizmni rivojlantirish, turizm sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish va O‘zbekistonni dunyodagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida namoyon etishdan iborat.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
16:40 / 14.05.2025