Jahon | 09:24 / 05.02.2019
25285
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Guaydoning taqdiri haqida gapirdi

Xuan Guaydo/Foto: AFP/Getty Images

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning kelajagi bo‘yicha ikkita variantni ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«U vakolatlarni virtual ravishda bajarishda davom etadimi? Yana qancha vaqt? 2025 yilgacha? Yoki hammasi qamoq bilan tugamaguncha», - deya ma'lum qildi Maduro.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Guaydo Venesuela Oliy sudi qarori bilan qamoqqa tashlanishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela TIV Trampning bayonotiga javob qaytargani, Maduro Guaydoga chaqiriq bilan chiqqani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid