Sport | 14:57 / 05.02.2019
25690
1 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich Putinning taklifiga rad javobi bergan

Foto: REUTERS

Dunyoning birinchi raketasi Novak Jokovichning otasi Srjan o‘g‘li va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida yuz bergan vaziyat haqida gapirib berdi.

Taniqli tennischining otasi davlat rahbari sportchiga murojaat qilgani haqidagi voqea bilan o‘rtoqlashdi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin Novakni Sochidagi Olimpiada vaqtida Rossiya-AQSh xokkey o‘yiniga tashrif buyurishni taklif qilgandi. Novak Dubaydagi musobaqada o‘ynayotgandi va kela olmadi. Ba'zan u juda band, chunki uning vazifasi - butun tarixdagi eng buyuk tennischi bo‘lish», - deya ta'kidlab o‘tdi uning otasi.

Kichik Jokovich - Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) jahon turi tarixida yakka tartibda nafaqat «Katta dubulg‘a»ning to‘rtta turniri, balki «Masters» seriyasidagi ATR’ning barcha to‘qqizta musobaqasida g‘alaba qozongan birinchi tennischi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid